METABAZITLAR
METABAZITLAR (meta… va yun. basis — asos) — asosli magmatik jinslarning metamorfizmi natijasida hosil boʻlgan metamorfik togʻ jinslari. M. ga metamorflashgan diabazalar, gabbro, dioritlar va baʼzan slanes va amfi-bolitlar kiradi (q. Metamorfik togʻ jinslari). M. Oʻzbekistonning Hisor, Chatqol, Kurama, Nurota, Sulton Uvays togʻlarida dayka, qatlam va tomirlar shaklida uchraydi.
Ensiklopediya.uz
METABAZITLAR