MEZOTERMAL KONLAR

MEZOTERMAL KONLAR

MEZOTERMAL KONLAR (mezo … va therme — issiqlik) — foydali qazilmalarning gidrotermal konlari sinflaridan biri; Yer qaʼrining 5000 m chu-qurligigacha qatlamlarida juda katta bosim ostidagi va 300—200° t-rali sirkulyatsiyalovchi minerallashgan qaynoq suv aralashmalarining mineral massasi yotqiziqlaridan vujudga keladi. Ular tomirlar, qatlamli tanalar va notoʻgʻri shaklli yotqiziqlar hosil qiladi. Dastlab amerikalik geolog VLindgren tomonidan ajratilgan (1907).

Ensiklopediya.uz
MEZOTERMAL KONLAR