MASʼUD ibn USMON KOʻHISTONIY

MASʼUD ibn USMON KOʻHISTONIY

MASʼUD ibn USMON KOʻHISTONIY (16-a.) — tarixchi olim. Dastlab shayboniylarlyaya Abulxayrxonning oʻgʻli Suyunchxoʻjaxonning, uning vafotidan (1531) keyin Samarqand hukmdori Ab-dullatifxoshplnt (1540— 51) bosh munshiysk boʻlgan. Masʼud ibn usmon koʻhistoniy U. K. fors tilida «Tarixi Abulxayrxoniy» («Abulxayrxon tarixi») nomli asar yozgan. Unda Abulxayrxon hukmronligi davrida shayboniy va mangʻit uluslarining ijtimoiysiyosiy ahvoli; Oʻzbek ulusining tashkil topishi va uning qoʻshni hududlarga uyushtirgan harbiy yurishlari bayon etilgan. Bu asar Dashti Qipchoqdagi koʻchmanchi turkiy qabilalarning ijtimoiysiyosiy hayotini oʻrganishda muhim manbadir. Asarda Oʻzbek ulusining temuriylar bilan boʻlgan munosabatlari (15-a. oʻrtalari), ularning te-muriy sultonlar (Abu Sayd, Muhammad Joʻqi, Sulton Husayn va b.) oʻrtalaridagi oʻzaro urushlarda qurolli aralashuvi va 16-a. ning boshida Movarounnahr va Xurosonni shayboniylar tomonidan bosib olinishi haqida maʼlumotlar bor. Asarda 30 ga yaqin turkiy qabila nomlari keltirilgan hamda shayboniylarning qoʻshin tuzilishi, jumladan, chap (juvangʻar) va oʻng (6arangʻar) qanotlari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Asar nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida, Sankt-Peterburg va London kutubxonalarida mavjud.

Ensiklopediya.uz
MASʼUD ibn USMON KOʻHISTONIY