2-avgust xat qutisi kuni
DO`STLARGA ULASHING:
Zamonaviy xat qutisi hayotimizning ajralmas qismiga aylanib qolgan. Har birimiz ushbu qutiga qarab sevimli jurnalimiz yoki tabriknomalarni kelishini kutamiz. Ushbu qutining o’z tarixi borligi ham qiziq. Ilk bor xat qutisi Fransiya poytaxti Parijda 1653-yilda o’rnatilgan. Gazeta, jurnal va xatlarning yetkazmalarining yulduzli onlari XX asrdan boshlangan deyishimiz mumkin. Hozirgi kunda xat xizmatlari avvalgidek talabgir, 2 avgust kuni esa xat qutilarining tug’ilgan kuni deya e’lon qilingan. Shuni aytib o’tish lozimki, oddiy ko’cha xat qutilarini turli san’at bezaklari bilan yorqin holda ham ko’rish mumkin ekan. Huddi shunday holatni Kaliforniyaning kichik shaharchasida ko’rishimiz mumkin. Tinib tinchimagan aholi «Kimning xat qutisi o’zgacha” deb nomlangan musobaqa o’tkazishar ekan. Ushbu musobaqa har bir uyning atrofida turli yasalgan xat qutilari, masalan: yorqin yong’in mashinasi, akula, toshbaqa, yoqimtoy mushukchalar, pingvin va kuchuklar singari bir qator ajoyib xat qutilarini ko’rish mumkin. Aytish joizki, ushbu shaharda yashovchi insonlar xat yozishni va xush yangiliklar olib keluvchi xatlarni olishni juda ham yoqtirishadi.
2-avgust xat qutisi kuni