POLTAVA
POLTAVA — Ukrainaning Poltava viloyatidagi shahar. Viloyat markazi. Vorskla daryosi (Dneprning chap irmogʻi) boʻyida. T. y. tuguni. Aeroport bor. Axrlisi 319 ming kishi (1997). P. Ukrainaning yirik sanoat markazlaridan biri. Mashinasozlik va metallsozlik sanoatlari (avtoagregat, kimyo sanoati uchun mashinalar, gazchiroq lampalari, turbomexanika ishlab chiqariladi), shahar yalpi sanoat mahsulotining41,2%ni beradi. Sunʼiy olmos va olmos asboblari, tibbiy shisha, chinni va b. z-dlar bor. Yengil (ip-yigi-ruv, koʻnchilik, tikuvchilik, trikotaj, poyabzal va b. korxonalar), oziq-ovqat (goʻsht, yogʻmoy k-tlari) va qurilish materiallari sanoatlari rivojlangan. Yogochsozlik, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Oynashisha va badiiy buyumlar ishlab chiqariladi, musiqa asboblari f-kasi mavjud. 5 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, 6 muzey (shu jumladan, muzey-qoʻriqxona, «Poltava jangi maydoni», badiiy muzey, V. G. Korolenkoning adabiy-memorial mu-zeyi, ukrain yozuvchisi I. P. Kotlya-revskiy muzeyi) bor. Shahar qadimgi solnomalarda, 1174-y. dan, «Ltava» nomi bilan maʼlum (1430-y. gacha shu nomda). 1569-y. dan Polsha, 1654-y. dan Rossiya davlati tarkibida. Poltavada tari-xiy meʼmoriy yodgorliklardan: Kre-stovozdvijensk monastiri sobori (17—18-a. lar), markazdagi klassitsizm uslubida qurilgan ansambl (19-a. dan boshlab), Poltava jangiga bagishlangan monumentlar (19—20-a. lar boshlari) saqlangan.
Ensiklopediya.uz
POLTAVA