POLIKARBONATLAR
POLIKARBONATLAR — karbonat kislota va digidroksibirikmalarning murakkab poliefirlari. Umumiy formulasi [—ORO—S (O)—]p, bu yerda R — aromatik yoki alifatik qoldiq. Bulardan eng muhim sanoat ahamiyatiga ega boʻlganlari aromatik Polikarbonatlar (makrolen, leksan, yupilon, penlayt, sinvet, polikarbonat); 2,2 – bis-(4gidroksife-nil) propan (bisfenol A) va bisfenol A bilan uning oʻrinbosarlari 3,3ʻ, 5,5ʻ — tetrabrom yoki 3,3ʻ, 5,5ʻ — tet-rametilbisfenol A asosidagi aralash P. Bisfenol A (gomopolikarbonat) asosidagi Polikarbonatlar — amorf rangeiz poli-merlar; mol. m. (20—120)103, shaffof. Undan tayyorlanadigan 3 mm qalinlikdagi plastinka 88% yorugʻlikni oʻtkaza-di, dekstruksiyalanish t-rasi 310—320°. P. fizik-mexanik xossalari mol. m. kattaligiga bogʻliq. Mol. m. 20 mingdan kichik boʻlgan Polikarbonatlar moʻrt, mustahkamligi past, mol. m. 25 mingdan yukrri boʻlgan Polikarbonatlar esa mexanik mustaxkamligi va elas-tikligi yuqori biologik inert polimerlar. Ulardan tayyorlangan buyumlarni — 100 dan 135° gacha boʻlgan haroratlarda ishlatish mumkin. Sanoatda Polikarbonatlar 3 xil usul bilan olinadi:
Ensiklopediya.uz
POLIKARBONATLAR