POYKEND

POYKEND

POYKEND, Poykand — qad. karvon yoʻli ustida qad koʻtargan shahar xarobasi (mil. av. 4—3—mil. 11-a. lar). Buxorodan 44 km jan.-gʻarbda, Jondor va Qorakoʻl tumanlari tutashgan xududda joylashgan. Oʻrta asr yozma manbalarida shahar Boykand, Xitoy solnomalarida esa Bi nomlari bilan tilga olinadi. Uning nomlari «Quyi shahar» maʼnosini anglatadi. Poykend tashqi devorlarining nihoyatda mustahkamligidan sha-har ilk oʻrta asrlarda «Shahristoni Roʻin», yaʼni «Jezdan qurilgan shah-riston» (Jez shahar) nomi bilan shuh-rat topgan.

Ensiklopediya.uz
POYKEND