PNEVMATIK POCHTA
PNEVMATIK POCHTA (yun. pneumatikos — havoga oid) — pnevmotransportnmnt turli xujjat va mayda narsalarni havo oqimi yordamida quvur boʻylab tashiydigan turi. Birinchi Pnevmatik pochta 1853-y. London telegrafida qurilgan. Pnevmatik pochta qurilmasining asosiy elementlari: quvurlar, konteynerlar, qabul qilishtarqatish qurilmalari va havo haydagich. Pnevmatik pochtaning ichki (bino ichida ishlatiladigan) va tashqi (shahardagi korxona va muassasalarni bogʻlaydigan) xillari bor. Ichki Pnevmatik pochta quvurlari ichki diametri 50—120 mm li quvurlardan yaxlit qilib ishlanadi. Quvurlar latun, dyuralyuminiy, poʻlat, polixlorvinildan yasaladi.
Ensiklopediya.uz
PNEVMATIK POCHTA