PLOVDIV

PLOVDIV

PLOVDIV — Bolgariyaning jan. qis-midagi shahar. Maritsa daryosi boʻyida. Plovdiv viloyatining maʼmuriy mar-kazi. Axrlisi 340,6 ming kishi (2001). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Mamlakatning Sofiyadan keyin 2-oʻrindagi muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Oziq-ovqat, yengil, rangli metallurgiya, mashinasozlik (jumladan, stanoksozlik, elektrotexnika, elektronika) sanoati korxonalari mavjud. Muzeylar, opera teatri, ilmiy tadqiqot in-tlari, galereya bor. P. — qad. shahar. Mil. av. 4-a. da Qad. Makedoniya podshosi Filipp II tomo-nidan asos solingan va dastlab Fillippopol, keyin Pulpudeva, Trion-sium, turklar davrida (15— 18-a. lar) Filebe, soʻngra Plovdiv deb atalgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Jome mayejidi (15—16-a. lar) va minora, cherkov (1832) saqlangan. Plovdivda har yili xalq-aro yarmarka oʻtkaziladi.

Ensiklopediya.uz
PLOVDIV