PLATINA RUDALARI

PLATINA RUDALARI

PLATINA RUDALARI — tarkibida platina metallari (Pt, Pd, Ir, Rh, Os, Ru) minerallari boʻlgan tabiiy hosilalar, togʻ jinslari. Platina rudalarining kon ahamiyatidagi nisbatan katta uyumlari kamdan kam uchraydi. Platina rudalari konlari tub yoki sochma boʻladi, tarkibiga koʻra esa, asosan, asl platinali va aralash (yoki kompleksli, yaʼni koʻpincha mis va mis b-n nikelli sulfid rudalar tub, oltin b-n platinaning sochma hamda oltin bilan osmiyli sochma) konlari kiradi. Konlarda platina metallari, odatda, notekis tarqalgan, rudalar tarkibida foydali metall miqdori har tonnada bir necha g dan kg gacha oʻlcha-nadi. Platina rudalarida platina elementlarining asosiy shakli ularning oʻz minerallaridir (100 dan ortiq minerallari maʼlum). Koʻproq uchraydiganlari: temirli platina (Pt, Fe), izoferroplatina (Pt3Fe), platina, tetraferroplatina (PtFe), osmirid, iridosmin, frudit (PdBi2), geversit (PtSb2), sperrilit (PtAs2), laurit (RuS2), xoll i n-guortit (Rh, Pt, Pd, Ir) (AsS)2 va b.

Ensiklopediya.uz
PLATINA RUDALARI