MAGMATIZM
MAGMATIZM — magmaning suyulishi, uning evolyutsiyasi, harakati, boshqa qattiq jinslar bilan oʻzaro taʼsiri va qotishini oʻz ichiga olgan jarayonlar majmui. M. Yerning chuqur qismidagi faol harakatlarning eng muhim koʻrinishlaridan biri. Tektonik harakatlar xarakterining oʻzgarishi bilan Magmatizm tipi ham oʻzgaradi, geologik tarixga va Yer poʻstining u yoki bu strukturasiga bogʻliqligiga qarab geosinklinal, platforma, okeanik va tektonikmagmatik faol koʻrinishlarga boʻlinadi. Magmatizmning qanday chuqurlikda joylashganligi (qotish sharoitlari)ga qarab abissal, gipabissal, subvulkan, yuza joylashgan (vulkanizm) M., tarkibiga qarab oʻta asosli, asosli oʻrtacha, nordon va ishqorli (q. Magmatik togʻ jinslari) turlari farq qilinadi.
Ensiklopediya.uz
MAGMATIZM