PEChENEG TILI

PEChENEG TILI

PEChENEG TILI, bijanak tili — 8—11-a. larda Volga va Ural daryolari buylari, Orol va Kaspiy dengizlari oraligʻidagi dashtlarda yashagan pecheneg (bijanak)lar tili; turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub. Fonetik xususiyatlariga koʻra qipchoq tiliga yaqin boʻlgan, yaʼni soʻz oʻrtasi va oxirida ayrim undoshlarning yum-shashi, reduksiyaga uchrashi yoki boshqa undoshlarga almashinishi; ayrim un-doshlar taʼsirida til orqa a unlisining til oldi a unlisiga aylanishi; birinchi boʻgʻinda a ning e tarzida, e ning i tarzida talaffuz etilishi va b. Mahmud Koshgʻariy pecheneglarni oʻgʻuz urugʻlari qatorida tilga olgan va Pecheneg tili b-n bulyur tilidat oʻxshashliklarni qayd etgan. Rus turkiyshunosi Ye. A. Baskakov P. t. ni turkiy tillar oʻgʻuz guruhining oʻgʻuz-bulgʻor guruhchasiga kiritadi.

Ensiklopediya.uz
PEChENEG TILI