MURUNTOV OLTIN KONI
MURUNTOV OLTIN KONI — Markaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni mintakasidagi kon. Navoiy sh. dan 180 km shim. da, Zarafshon sh. dan 40 km sharqda, Tomditovning jan. etagida joylashgan. Ruda zaxiralarining koʻlami, rudani qazib olish texnologik sharoitlarining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va b. xususiyatlariga koʻra dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi. Markaziy Osiyo, xususan, Markaziy Qizilqum va Nurota togʻlarida, oltin rudalari mavjudligi mil. av. 6—5-a. lardan maʼlum boʻlgan. Oʻlkada oltin konlarini izlash boʻyicha dastlabki maxsus tadqiqot ishlari I. V. Mushketov, G. D. Romanovskiy, G. D. Obruchev va b. tomonidan amalga oshirilgan. Markaziy Qizilqumda oltin konlari boʻlishi mumkinligini geolog olimlar A. Ye. Fersman va D. I. Shcherbakovlar 20-a. ning 30-y. laridagi geologik tadqiqotlari asosida bashorat qilganlar. 1930-y. larda Tomditovning jan. etaklarida oltin zarralari boʻlgan bir necha kvars va kvarsdala shpati tomirlari aniqlandi, 1934-y. da Besapan qishlogʻi yaqinida oltin mineraliza-siyasi zonasi belgilandi. Shundan ke-yin Besapan, Oltintov, Taxtatov manzillarida, Tomditovning jan. yon bagridagi kremniyli slaneslarda keng koʻlamda oltin qidiruv va razvedka ishlari olib borildi. 1951—53 y. larda I. h. Hamroboyev Oʻzbekistonning gʻarbiy hududida oltinni koʻpincha margi-mush bilan uzviy bogʻliq holda uchrashi qonuniyatini aniqladi. Shu asosda 1954—56 y. larda Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida 2 xil oltin konlari borligi: birida oltin margimush kolchedani (arsenopirit minerali) b-n, ikkinchisida juda siyrak xrlda kvars tomirlarida uchrashi maʼlum boʻldi.1958-y. oltinmargimush bogʻliqligi asosida Muruntov yonida margimushga boy boʻlgan anomaliya maydonlari belgilandi. Oʻsha yili margimushning yuqori konsentratsiyasi mavjud boʻlgan anomaliyalardan biri — Muruntov rudali maydonida olib borilgan izlanishlardan keyin bu ruda maydoni oʻta istiqbolli deb baholandi. Mazkur ruda maydonida 1959—62 y. larda olib borilgan batafsil qidiruv ishlari natijasida konning asosiy hududi belgilandi va oltinga boy uchastkalarining oʻlchamlari juda yirikligi aniqlandi. Muruntov oltin koni ningochilishigasalmokli hissa qoʻshgan bir guruh geolog olim va mutaxassislar (I. H. Hamroboyev, H. T. Toʻlaganov, P. V. Xromishkin, V. G. Garkoves va b.) mamlakatning oliy mukofotiga sazovor boʻldilar (1966). 1965—69 y. larda Muruntov oltin konining sa-noat oʻzlashtirishi ishlari bajarilib, 1969-y. 21-iyulda dastlabki mahsulot — Muruntov quyma oltini chiqarila boshlandi va bu kon nomi dunyoga mashhur boʻldi. Dunyoda eng yirik karyerlardan biri — «Muruntov» karyerining uz. 3,5 km, eni 2,7 km va chuqurligi 430 m. Karyerdan yiliga 35—37 mln. m3 hajmida togʻ jinslari qazib olinadi, shu bilan bogʻliq boʻlgan Zarafshon sh. dagi oltin i. ch. kompleksi yiliga 24 mln. t rudani (2001-y.) qayta ishlaydi. Bu kompleks jahonda oltin ishlab chiqarish b-n mashhur boʻlgan eng yirik korxonalar qatorida 2-oʻrinda (Indoneziyadagi «Grosberg» korxonasidan keyin) turadi.
Ensiklopediya.uz
MURUNTOV OLTIN KONI