PSKOV
PSKOV — RF Pskov viloyatidagi sha-har. Velikaya daryosi boʻyida. T. y. va avtomobil yullari tuguni. Aholisi 204,2 ming kishi (1998). Pskov 12 — 13-a. larda Novgorod respublikasi tarkibida, 14—15 a. larda Pskov respublikasi knyazligining markazi boʻlgan. 13—16-a. larda Pskov — yirik savdo-iktisodiy va madaniy markaz. 1510-y. dan markazlashgan Rossiya davlati tarkibida. 1777-y. dan Pskov noibligi markazi. Pskov 1944-y. 23 avg. dan viloyat markazi. 2-jahon urushi davrida shaharning 94% turar joy binolari vayron kilingan. Pskov — mu-him sanoat markazi. Yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik. Elektr jihozlari, ra-diodetallar, telefon apparaturasi va uzok, aloka apparaturasi, sunʼiy va sintetik tola i. ch. mashinalari tayyorlanadi. Yengil (tikuvchilik, kunchilik, zigʻir tola) va oziqovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chikariladi.
Ensiklopediya.uz
PSKOV