PROSTATA BEZI

PROSTATA BEZI

PROSTATA BEZI (yun. prostatus — ol-dinda turuvchi) , prostata — erkak jinsiy aʼzosidagi tok, bez. Kichik chanoq boʻshligʻida qovuq ostida boʻlib, qovuq boʻyinchasi va siydik chiqarish kanalining boshlangʻich qismini oʻrab turadi. Prostata bezi bez va muskul qismdan ibo-rat. Bez qism urugʻ suyultiradigan su-yuqdik (sekret) ajratadi. Bu suyuklik spermaga qoʻshilib, spermatozoidlarni faollashtiradi. Muskul qism esa siydik chiqarish kanalining sfink-teri (muskul qisqich) hisoblanib, shahvat va siydik chiqishini rostlab turadi, shuning uchun shahvat va siydik aralashib ketmaydi.

Ensiklopediya.uz
PROSTATA BEZI