MUVAQQAT HUKUMAT

MUVAQQAT HUKUMAT

MUVAQQAT HUKUMAT ( Rossiyada) — imperator Nikolay II taxtdan agʻdarilgandan soʻng barpo etilgan 1demokratik hukumat. Fev. inqilobidan soʻng Davlat dumasi aʼzolari Muvaqqat (Vaqtli) komitet tomonidan, Petrosovet rahbarlarining roziligi b-n, taʼsis majlisi chaqirilgunga qadar tuzilgan. Oliy ijroiya-boshqaruv organi qonun chiqarish funksiyalarini ham bajargan. 1917-y. 2(15) martdan 25 okt. (7 noyab.) gacha faoliyat yuritgan; M. h. ning 4 ta tarkibi almashgan: 1-tarkib (2-oktyabrist, 8 kadet va ularga qoʻshilgan 1 trudovik, soʻng — eser; rais — kadet G. Ye. Lvov) — 6 (19) maygacha; 2tarkib (1-oktyabrist, 8 kadet va ularga qoʻshilganlar, 3 eser, 2 menshevik, rais — Lvov) — 24-iyul (6 avg.)gacha; 3tarkib (7 kadet va ularga qoʻshilganlar, 5 eser va xalq sotsialistlari, 3 menshevik; rais — eser A. F. Kerenskiy) — 1(14) sent. gacha (hokimiyatni «Direktoriya»ga topshirgan); 4tarkib (6 kadet va ularga qoʻshilganlar, 2 eser, 4 menshevik, 6 parti-yasiz; rais — Kerenskiy) — 25 sent. (8 okt.) gacha.

Ensiklopediya.uz
MUVAQQAT HUKUMAT