PRISHVIN Mixail Mixaylovich
PRISHVIN Mixail Mixaylovich [1873.23.1(4.2), Lipesk viloyati Yeles tumani — 1954. 16. 1, Moskva] — rus yozuvchisi. Leypsig un-ti falsafa f-tini tugatgan (1902). Qrim va Qozogʻistonga qilgan safari natijasida esa «Odam Ato va Momo Havo» (1909), «Qora arab» (1910) singari ocherklarini yozgan. «Berendey buloqlari» (1923) ocherki, «Kashchey zanjiri» (1923) va «Turnalar oʻlkasi» (1929) romanlari muallifi. Prishvin butun umri davomida tabiat, ov va oʻlkashunoslik bilan qiziqqani, oʻz hayoti mazmunini tabiat bilan uygʻunlikda koʻrgani uchun ta-biatga mexr motivi uning butun ijodi boʻylab «kizil ip» yangligʻ oʻtib turadi. Uning hatto katta epik asarlarida ham tabiatga boʻlgan mexr, u bilan uygʻunlikda yashash va tabiatni asrash gʻoyasi yotadi. Prishvin 40—50-y. lar «Kiyinmagan koʻklam» qissasi, «Fatseliya» nasriy dostoni (1940), «Quyosh xazinasi» (1945) ertak-rivoyati kabi asarlarini yozgan. Yozuvchi vafotidan keyin uning «Zamin koʻzlari» kun-daliklari, «Osudar yoʻli» (1957) roman-ertagi eʼlon qilingan.
Ensiklopediya.uz
PRISHVIN Mixail Mixaylovich