MONILIOZ

MONILIOZ

MONILIOZ, meva chirish kasalligi — olma, nok va baʼzan danakli meva daraxtlarida uchraydigan kasallik. Monilia turkumiga mansub zam-burugʻlar koʻzgʻatadi. Kasallangan mevalar qoʻngʻir tus oladi, pustila sargʻish mayda doʻmboqchalar paydo boʻladi, meva eti hovol boʻlib qoladi, taʼmini yoʻqotadi, chirib, jigarrang tusga kiradi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi zamburugʻ sporalari yemgʻir, shamol, hasharotlar yerdamida tarqaladi. Monilioz qoʻzgʻatuvchilari oʻsimlikka asosan mexanik shikastlanishdan yuqadi. Kasallangan mevalarning koʻpchiligi toʻkilib ketadi, ayrimlari shoxlarda osilgancha qotib qolib, bahorda kasallik manbaiga aylanadi. Monilioz mevalar omborlarda saqlanayotgan davrda ham paydo boʻladi.

Ensiklopediya.uz
MONILIOZ