MILET MAKTABI
MILET MAKTABI — yunon ilmiy-falsafiy maktabi. Mil. av. 6-a. da vujudga kelgan. Ioniya dengizi sohilidagi Milet sh. nomidan olingan. Yirik namoyandalari — Fales, Anaksimandr, Anaksimen. Ular tabiatdagi hodisalarni oʻzgarishda, oʻzaro aloqadorlikda, bir-biriga oʻtib turishda deb, voqea-hodisalar sababini tabi-atning oʻzidan qidirdilar. Ruhiy hodisalar (mas, jon)ni materiyaning koʻrinishi, butun tabiatni jonli deb tu-shunganlar. Yevropa ilmiy kosmogoniya, kosmologiya, fizika, geogr., meteorologiya, astronomiya va biol. si tarixi Milet maktabidan boshlanadi. Milet maktabi va uning vakillari Yunonistonda falsafiy fikr rivojiga hissa qoʻshdilar.
Ensiklopediya.uz
MILET MAKTABI