MIKROFOTOMETR
MIKROFOTOMETR, mikrodensitometr — fotosuratlarning optik zichligini oʻlchaydigan asbob. Oddiy va avtomatik ravishda qayd qiladigan xillari bor. Birinchisida fotosurat (spektrogramma) mikroskopik obyektivda 6—30-marta kattalashtiriladi. Spektrogrammaning qoraygan qismidan oʻtib, selenli fotoelemen-tga tushuvchi nur oʻzgaruvchan tirqishdan ekranga proyeksiyalanadi. Tirqish ustidagi yarim shaffof shishaga tushirilgan zichlik shkalasi yordamida oʻtka-zuvchanlik koeffitsiyenti aniqlanadi. Avtomatik qayd qiladigan xilida qorayganlik darajasini ifodalovchi chiziq avtomatik ravishda chiziladi Mikrofotometrning izofotometr (ekvidensitometr), mikrospektrofotometr va b. maxsus turlari mavjud. Avstronomik fotografiyada, optik usul bilan tovush yozishda, spektroskopiya, rentgenogramma va b. da ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
MIKROFOTOMETR