PAXTA TOZALASH SANOATI
PAXTA TOZALASH SANOATI — yengil sanoatiing paxtaga dastlabki ishlov beruvchi tarmogʻi. Mazkur tarmoq toʻqimachilik, yogʻmoy, kimyo sanoati tarmoqdariga xom ashyo yetkazib beradi. Paxta tolasi, lint va chigit P. t. ye. ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi. Oʻzbekistonda dastlabki paxta tozalash korxonasi Toshkentda 1874-y. da qurilgan. Rossiyada paxta xom ashyo-siga boʻlgan talabning ortishi bilan Oʻzbekistonda Paxta tozalash sanoati tez rivojlantirildi. 1885-y. da 9 ta, 1890-y. da 27 ta, 1914-y. da 208 ta paxta tozalash z-di ishladi. Paxtachilik galla ekinlarini siqib chiqara boshladi. Arrali jin mashinalarda tolani ajratib olish va qoʻlda harakatlantiradigan vintli presslarda tolani presslashdan tashkari barcha ogʻir ishlar qoʻlda bajarilgan. 1920-y. larda Toshkent mexanika korxonasida dastlabki jin mashinalari, linterlar ishlab chikarila boshlandi, presslar esa Boltik, z-di (Leningrad)dan kel-tirildi. Urushgacha boʻlgan davrda jinlar, linterlar, presslar, ventilyatorlarning konstruksiyasi takomillashtirildi: paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash maskanlari elektrlashtirildi. Paxta tozalash korxonalarining oʻrtacha mavsumiy ishlash davomiyligi 3 oydan 11 oygacha uzaytirildi. 1940-y. da Oʻzbekiston P. t. s. da 538 ming t tola, 15,3 ming t lint va 982 ming t chigit ishlab chiqarildi.
Ensiklopediya.uz
PAXTA TOZALASH SANOATI