PISTOLET-PULEMYOT
PISTOLET-PULEMYOT — avtomatik individual oʻq otar qurol. Dushmanning 300 m gacha masofadagi kuchlarini ni-shonga olishga moʻljallangan. Asosan, piyoda qoʻshinlarda qoʻllanadi. Birinchi P.-p. 1-jahon urushi (1914—18)da yuzaga kelgan. 20-a. ning 40-y. lari oxiridan 1000 m gacha masofadagi nishonni shikastlantira oladigan M. T. Kalashnikov P.-p. i qoʻllana boshlagan.
Ensiklopediya.uz
PISTOLET-PULEMYOT