PIGMENTATSIYA

PIGMENTATSIYA

PIGMENTATSIYA (lot. pigmentum — boʻyoq, rang) — odam terisi, koʻz qorachigʻi, sochi va junining pigmentlar bilan boʻyalishi. Inson toʻqimalarining rangi undagi har xil pigmentlar miqdorita bogʻliq. Teri, soch va koʻz qorachigʻining rangi pigment — melanin bilan belgilanadi. Teri, koʻz qorachigʻi va soch tusining har xil boʻlishi bu aʼzolardagi melaninning miqdori va qanday joylashishiga bogʻliq. Ularda melaninning boʻlmasligi albinizm hodisasi-dir. Umr mobaynida Pigmentatsiya bir necha bor oʻzgarib turadi. Melanin teriga jigarrang tuye beradi. Rang quyukligidagi farqlar melaninning miqdori va joylashishiga bogʻliq. Rang darajasidagi farqlarga turar joy sharoitining har xilligi (oʻrmon va ochiq joylarda yashash) ham sabab boʻladi. Tashqi taʼsirlar tu-fayli teri rangidagi individual ta-fovutlar qanchalik muhim boʻlmasin, gu-ruhlararo farqlar birinchi oʻrinda turadi va terining rangi irqiy sistematikada asosiy xususiyatlardan biri hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
PIGMENTATSIYA