PECHAK

PECHAK

PECHAK (Convolvulus L.) — pechakdoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik chirmashuvchi yoki ilashib oʻsuvchi oʻsimliklar turkumi, begona oʻt. 250 dan ortiqturi bor. Uzbekistonda 5 turi — dala pechagi yoki qoʻypechak (C.arvensis), soxtakantabrik Pechak yoki oq partak (C.pseudocantabrica Schrenk.), chimyon pechagi (C.tschimganicus), qalami P. yoki chumchuqoyoq (C.lineatus), da-gʻal tukli Pechak yoki mingbosh (C.subhirutus) uchraydi. Ulardan Oʻzbekistonning barcha hududlarida oʻsadigan dala pechagi yoki qoʻypechak turi dala ekinlari orasida, shuning-dek, yoʻl yoqalari, kanallar boʻylarida kup uchraydi.

Ensiklopediya.uz
PECHAK