PERO
PERO — 1) siyoh, tush va b. suyuq boʻyoqlar bilan yozish va rasm ishlashda foydalanadigan asbob; qadimdan yozishda uchi oʻtkirlashtirilgan qush patlari, qamish va b. dan tayyorlangan Pero ishlatilgan. 18a. oxiridan metall Perolar ilk bor Myunxen (Bavariya)da ishlana boshlagan. Metalldan yasalgan zamonaviy Perolar shakli, oʻlchami va vazifasiga koʻra farklanadi; 2) Pero bilan rasm yaratish usuli; ijrosining kontur yoki shtrix usulida boʻlishi bunday asarlarning oʻziga xos xususiyatidir.
Ensiklopediya.uz
PERO