MONARX

MONARX

MONARX (yun. monarchos) — davlatning yakka hukmdori. Odatda, hokimi-yat unga meros boʻlib oʻtadi. Barcha monarxlik mamlakatlarida Monarx qonun boʻyicha daxlsiz odam va u har qanday masʼuliyatdan ozod hisoblanadi. Turli mamlakatlarda Monarx turlicha: Buyuk Britaniya, Ispaniya, Daniya, Shvetsiya, Belgiyada — qirol, Malayziya, Bruney, Ummonda — sulton, Quvayt, BAAda — amir, Lyuksemburgda — buyuk gersog, Lixtenshteyn da — knyaz deb ataladi.

Ensiklopediya.uz
MONARX