MINIATYURALAR TEATRI

MINIATYURALAR TEATRI

MINIATYURALAR TEATRIteatr turi. Repertuari ixcham asarlar (bir pardali pyesa, intermediya, mukallid, monolog, kulki-hikoya, hajviya va b.) dan iborat boʻlib, baʼzan umumiy bir mazmun (syujet)ga boʻysundiriladi. Hayotda uchrab turadigan kamchiliklar, kulgili voqealar, kundalik muammolar hamda dolzarb mavzular satira va yumor orkali ifodalanadi. Yevropa uslubidagi zamonaviy Miniatyuralar teatri 19-a. ning 2-yarmida Fransiyada paydo boʻlgan. Oʻzbekistonda bu janrdagi tomosha ildizlari qadim zamonlarda paydo boʻlgan masxarabozlik teatrita taqaladi. Milliy uslubdagi Miniatyuralar teatri masxarabozlik, qiziqchilik sanʼatining juda koʻp koʻrinishlarini oʻzlashtirgan, davr ruhiga moslab rivojlantirilgan. 1962-y. dan Oʻzbekiston televideniyesi «Yoshlik» studiyasi qoshida «Televizion miniatyuralar teatri» ishlab turibdi.

Ensiklopediya.uz
MINIATYURALAR TEATRI