MEXANIK KUCHLANISH

MEXANIK KUCHLANISH

MEXANIK KUCHLANISH — deformatsiyalangan (siqilgan, choʻzilgan va b.) qattiq jism koʻndalang kesimining yuza birligiga toʻgʻri keladigan elastiklik kuchi. Ushbu S = — iЈ – tenglik bilan ifodalanadi, bunda Gʻe1 — elastiklik kuchi, S — yuza. Deformatsiyalanish jarayonida qattiq jismni tashkil etuvchi zarralar — atom va molekulalarning maʼlum qismi bir-birlariga nisbatan siljiydi. Bunday siljishga qattiq jism tarkibidagi zaryadlangan zarralar orasidagi elektromagnit kuchlari qarshilik koʻrsatadi. Natijada deformatsilanayotgan qattiq jismda mikdor jihatdan tashqi qoʻyilgan kuchga teng, unga qaramaqarshi yoʻnalgan ichki kuch — elastiklik kuchi vujudga keladi. Xususiy holda bir tomonlama choʻzilish (yoki siqilish) dan iborat de-formatsiyalar uchun Mexanik kuchlanish 8 ning nisbiy uzayish ye ga bogʻliqligi Guk qonuni orqali bunday ifodalanadi: 5 = Yeye, bunda Ye ~ oʻzgarmas kattalik; u deformatsiyalanayotgan sterjenning materialiga va fizik holatiga bogʻliq. Tajribalar 8 ning ye ga chiziqli bogʻlanishi faqat elastik deformatsiyaning kichik qiymatlarida aniq bajarilishini koʻrsatadi.

Ensiklopediya.uz
MEXANIK KUCHLANISH