MAʼRUFJONOV

MAʼRUFJONOV

MAʼRUFJONOV Yusufjon (1877, Margʻilon — 1960) — yogʻoch oʻymakori, duradgor; xalq ustasi. Oʻyma naqshli eshik, rom, deraza, darvozalar tay-yorlagan, javon, kursi, quticha, sandal kabi uy jihozlari ishlagan. Maʼrufjonov yaratgan asarlarida oʻymakorlik usullarini dadil qoʻllashi, naqsh mujassamotlarini yangi mavzular bilan boyitishi diqqatga sazovor. Ustaning noyob ishlaridan biri — Alisher Navoiyning 500-y. ligiga oʻymakori usulida yaratgan shoirning portreti (107×77 sm, yongʻoq yogʻochi, lok, 1948), portret atrofi anʼanaviy naqshlar bilan hoshi-yalangan.

Ensiklopediya.uz
MAʼRUFJONOV