MASʼUD GʻAZNAVIY
MASʼUD GʻAZNAVIY (? – 1041) – Gʻaznaviylar davlati hukmdori (1030 — 41). Maxmud Gʻaznavishshnt oʻgʻli. Masʼud Gʻaznaviy davrida mamlakatda poraxoʻrlik, gʻayriqo-nuniy soliqlar, aholini talash avj olgan. Otasi siyosatini davom ettirgan Masʼud Gʻaznaviy Qoraxoniylar davlati bilan yaxshi qoʻshnichilik aloqalarini saqlab qolishga uringan. Gʻaznaviylarga nomigagina tobe boʻlgan Xorazm amalda mu-staqil edi. Oltingposh vafotidan soʻng Masʼud Xorazmni uning vorislari qoʻlida qoldirgan. Masʼud xorazmshoh unvonini oʻz oʻgʻliga bergan, Oltintoshning oʻgʻli Horunni noib unvoni bilan Xorazm xokimi etib tayinlagan. Birok Horun qoraxoniy Alitegin va sal-juqiylar b-n doʻstona munosabatlar oʻrnatib, 1034-y. Xorazmni mustaqil deb eʼlon qilgan va gʻaznaviylar sultoni nomini xutbada zikr etishni taqiqlab qoʻygan. 1035-y. bahorida Horun Xurosonga yurish qilgan. Aliteginning oʻgʻillari (Alitegin 1034-y. vafot etgan edi) Horunga koʻmak boʻlib, gʻaznaviylar hududiga bostirib kirishgan. Lekin yurishning boshidayoq Horun oʻz gʻulomlari tomonidan oʻldirilgach (ular Masʼudga sotilganlar), Alitegin oʻgʻillari Samarqandga qaytishgan. Masʼud qoraxoniylar bilan sulh tuzgan, natijada Xorazm va qoraxoniylar tomonidan boʻladigan xavf-xatar diplomatik yoʻl b-n hal qilingan.
Ensiklopediya.uz
MASʼUD GʻAZNAVIY