MANTIQ
MANTIQ, logika — toʻgʻri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shakllari haqidagi fan. M. oʻzining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Mantiqga oid dastlabki fikrlar Qad. Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston, Xitoyda vujudga keddi. Qadimda Mantiq falsafa tarkibida boʻlgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan. Yunon falsafasida Mantiq masalalari dastlab Parmenidning «Tabiat toʻgʻrisida» asarida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit taʼlimotida u yoki bu darajada koʻrib chiqilgan. Aristo-/iyelgacha boʻlgan mantiqiy taʼlimotlar ichida Demokritnnt mantiqiy taʼlimoti, Sokrashnchnt induktiv metodi va Platon dialektikasi diqqatga sazovor. Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotel nomi bilan bogʻlikdir. U birinchi boʻlib Mantiq oʻrganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Uning «Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Sofistik raddiyalar haqida», «Topika» nomli asarlari Mantiq masalalariga bagʻishlangan. Aristotel Mantiqni «maʼlum bilimlardan nomaʼlum bilimlarni aniqlovchi», «chin fikrni xato fikrdan ajra-tuvchi» fan sifatida taʼriflaydi. Aristoteldan soʻng Mantiq, asosan, stoiklar maktabi vakillarining, Epikur, skeptiklar taʼlimotlarida rivojlantirilgan. Stoiklar Mantiqning maqsadi inson aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan. Keyinchalik Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida ham Mantiq ilmi shakllandi. Oʻrta Osiyoda ham falsafa va Mantiq mustaqil fan sifatida taraqqiy etdi. Bunda Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bedil kabi buyuk mutafakkirlarning xizmati katta boʻldi. Forobiy oʻzining «Mantiqqa kirish», «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» asarlarida Mantiq masalalariga ilmiy bilish metodlari deb qaragan. Forobiy fikricha, Mantiq insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saqlaydi. Forobiy tushuncha, hukm va ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari, moduslarini tahlil qildi. Sillogizm va isbotlash usuli eng toʻgʻri, haqiqatga olib keluvchi usul deb hisobladi. Ibn Sinoning «Kitob ashshifo», «Kitob annajot», «Donishnoma» asarlarida Mantiqga doyr fikrlari bayon etilgan. «Mantiq bilingan (bilimlar) yordamida bilinmaganlarni qanday qilib aniqlashni koʻrsatadigan, haqiqat va haqiqatsifat bilim va yolgʻon nima ekanligini hamda ular qanday turlarga ega ekanligini aniqlab beradigan ilmdir», degan edi Ibn Sino. U M. ilmini barcha ilmlarning muqaddimasi, ularni egallashning zarur sharti sifatida talqin etdi. Aristotelning Mantiqga oid taʼlimoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning Mantiqga oid asarlari orqali Yevropaga kirib keldi. Oʻrta asr Yevropasida Mantiq masalalari, asosan, umumiy va yakka tushunchalarning oʻzaro munosabati do-irasida oʻrganildi. Yangi davrda R. Dekart, F. Bekon, T. Gobbs, V. Leybnis va b. M. ilmi turli yoʻnalishlarining yaratilishiga asos soldilar. 18 — 19-a. lar falsafiy fikrida I. Kant va V. F. Gegel yaratgan mantiqiy tizimlar muhim oʻrin tutadi. Gegel fikricha, falsafa Mantiq shaklida mavjud, uning oʻrganish obyektini tafakkur tashkil etadi. Mantiqning asosiy vazifasi haqiqatni aniqlash, unga erishish yoʻllarini oʻrganishdir.
Ensiklopediya.uz
mantiq