ORGANIK KIMYO

ORGANIK KIMYO

ORGANIK KIMYO — uglerodning bosh-qa elementlar bilan organik birikmalar hosil qilishi va bu birikmalarning oʻzgarish qonunlarini oʻrganadigan fan. Kimyotj bir boʻlimi. Organik kimyoning asosiy vazifasi — organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini aniklash, reaksiyaga kirishishi, reaksiyalar mexanizmini, moddalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari orasidagi bogʻlanishni oʻrganish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish yoʻllarini tadqiq qilishdan iborat. Organik birikmalar insonning Yer mavjud boʻlishi va uning amaliy faoliyatda oʻta muhim ahamiyatga ega. Tirik organizmlarni tashkil qiladigan barcha asosiy komponentlar — oksillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, yogʻlar, vitaminlar, gormonlar va b. — organik birikmalardir. Deyarli barcha sintetik va tabiiy tolalar, plastmassalar, pestitsidlar, boʻyagichlar, dorilar va sh. k. ham organik birikmalarga taallukli. Hoz. vaqtda ajoyib xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirgan organik birikmalar yiliga 250 mingdan 300 minggacha sintez qilinadi, ularning umumiy soni esa 10 milliondan oshdi. Baʼzi organik moddalar insonga juda qadimdan maʼlum. Mas, kishilar uzum sharbati achiganda spirtga aylanishini, musallas ochiq havoda turganida sirka kislota hosil qilishini bilardilar. Oʻsimlik moylari va hayvon yogʻlari oziqovqat sifatida qadimdan ishlatib kelinadi. Sovun va har xil boʻyoklardan foydalanish qadim zamonlardan beri maʼlum. Mas, kishilar uzum sharbati achiganda spirtga aylanishini, musallas ochiq havoda turganida sirka kislota hosil qilishini bilardilar. Oʻsimlik moylari va hayvon yoglari oziq-ovqat sifatida qadimdan ishlatib kelinadi. Sovun va har xil boʻyoklardan foydalanish qadim zamonlardan beri maʼlum. Sof holdagi organik moddalarni dastlab 900-y. larda arab alkimyogarlari hosil qildilar. Pekin organik kimyo fan sifatida 19-a. ning 2-yarmida shakllandi. «Organik kimyo» terminini fanga ilk bor 1827-y. da Y. Ya. Berselius kiritdi. 1828-y. da nemis kimyogari F. Vyoler lab. sharoitida mochevinani sintez qildi. Nemis olimlari A. Kolbe, F. A. Kekule, shotlandiyalik kimyogar A. Kuper va b. uglevodning 4 valentligini, uning atomlari halqa hosil qilish xususiyatiga ega ekanligini anikladilar. Keyinchalik Organik kimyo A. M. Bupыyerovnmng organik birikmalarning tuzilish nazariyasi (1861) asosida rivojlanadi. F. Kekule benzolning zamonaviy siklik formulasini taklif qildi (1865). Ya. X. Vant-Goff va fransuz kimyogari J. Le Bel atomlarning molekulada fazoviy joylashish nazariyasini olgʻa surishdi. Elektron va, ayniqsa, kvant-mexanika tasavvurlarining rivojlanishi natijasida kimyoviy bogʻlarning fazodagi yoʻnalishi, toʻyingan va toʻyinmagan birikmalarning xossalari orasidagi tafovut, benzolning aromatikligi, organik birikmalar molekulalaridagi atomlarning oʻzaro taʼsiri tushuntirib berildi. Fizik usullar yordamida organik birikmalarda kimyoviy bogʻlarnng uzunligi, valent burchaklar kattaligi va geometrik tuzilishdagi molekulalarning boshqa parametrlari topildi. Shu usullar bilan baʼzi murakkab organik birikmalar — V12 vitamini, penitsillin, xlorofill, bir qator oqsillar, nuklein kislotalar va b. ning kimyoviy tuzilishi aniklandi.

Ensiklopediya.uz
ORGANIK KIMYO