MUSIQA TANLOVLARI VA FESTIVALLARI

MUSIQA TANLOVLARI VA FESTIVALLARI

MUSIQA TANLOVLARI VA FESTIVALLARI — xonanda, sozanda, kompozitor, bastakor, musiqa jamoalari va b. ning ijodiy musobakalari va konsert tadbirlari. Odatda, oldindan eʼlon qilingan shartlar asosida oʻtkaziladi. Yunonistonda mil. av. 590 – y. larda paydo boʻlgan (Pifiya oʻyinlari). Hoz. koʻrinishda 19-a. ning boshida yuzaga kelgan (1803, Parijdagi «Nafis sanʼatlar akademiyam»). Ilk xalqaro musiqa tanlovi 1856-y. Bryus-selda oʻtkazilgan. Hozirda Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida yuzlab xalqaro Musiqa tanlovlari va festivallari va f. muntazam ravishda oʻtkazilmoqda. Ularda bir qator Oʻzbekiston ijrochilari qatnashib gʻalaba qozongan, oʻzbek professional musiqa ijrochiligi yutuklarini namoyon etishgan (Usta Olim Komilov, M. Qoriyoqu-bov, Tamaraxonim, T. Jalilov, A. Ismo-ilov (naychi), T. Alimatov, B. Aliyev, Q. Dadayev, A. Ismoilov (gʻijjakchi), Oʻ. Rasulov, M. Yoʻlchiyeva, N. Sattorova, S. Niyozov, A. Ibrohimov va b.). Yevropacha ijrochilik tanlovlarida 3. Haknazarov, I. Jalilov, M. Toshmatov, A. Sultonov, U. Polvonov, G. Alimova va b., kompozitorlik ijodiyotiga oid koʻriktanlovlarda R. Abdullayev, S. Absalomov, D. Omonullayeva, M. Otajonov, U. Musayev, D. Yanov-Yanovskiy va b. gʻoliblikka erishgan. Sharq, jumladan, Oʻrta Osiyo xalq,lari madaniyatida Musiqa tanlovlari va festivallari va f. kddimdan rivojlanib, hozirgacha uzining anʼanaviy shaklida saqlanib kelgan: mas, qozoq oqinlari, oʻzbek baxshilari, qoraqalpoq jirovlari, qirgʻiz manaschilarining aytis (aytishuv)lari va b. Oʻzbekistonda 20-a. ning 2-yarmidan turli musiqachi va qoʻshiqchilarning koʻpgina tanlovlari oʻtkaziladi: mas, «Sanʼat bayrami», «Marhabo, talantlar!», xalq cholgʻulari, puflama va urma cholgʻular, anʼanaviy ijrochilik va bastakorlar asarlari buyicha, baxshilar, toʻymarosim qoʻshiqlari, folklor-etnografik ansambllari, «Alla» ijrochilari (2003-y. dan H. Oxunova nomida) Respublika tanlovlari va b. Ular ayniqsa mustaqillik davrida keng rivoj topdi. Oʻzbekistonning barcha hududlarida oʻtkaziladigan «Qoʻshiq bayrami» (1992-y. dan), Yu. Rajabiy nomidagi maqom ijrochilari (1983-y. dan, Toshkent), Maʼmurjon Uzoqov nomidagi (1997-y. dan, Margʻilon sh., 2001-y. dan J. Sultonov va M. Uzokrv nomida), F. Mamadaliyev va O. Yusupov nomidagi (2001-y. dan, Andijon), Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi (1997-y. dan, Samarqand), Komiljon Otaniyozov nomidagi (1997-y. dan, Xorazm) xonandalar tanlovlari va b. «Asrlar navosi» koʻhna milliy sozlar (tan-bursato, nay va dutor) ijrochilarining Respublika tanlovi (1998, Buxoro), «Oʻzbekiston — Vatanim manim» (1996, Toshkent), «Yangi taronalar» milliy estrada qoʻshiq va kuylari Respublika tanlovi (1998, Jizzax; 2002, Guliston); «Aziz ona yurtim navolari» milliy estrada qoʻshiklari Respublika tanlovi, «Boysun bahori» xalqaro folklor jamoalari ochiq festivali (2002-y. dan, Boysun sh.) va b.

Ensiklopediya.uz
MUSIQA TANLOVLARI VA FESTIVALLARI