MOTURIDIY
MOTURIDIY, Abu Mansur alMoturidiy (toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Maxmud al-hanafiy al-Moturidiy asSamarqandiy) (870 — Samarqand — 944) — imom, fikdolimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. «Imom al-xudo», «Imom al-mutakallimin» («Hidoyat yoʻli imomi», «Mutakallimlar imomi») nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻi (hoz. Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bogʻ ham barpo etgan. M. Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida oʻqidi, mahalliy hanafiy faqixlardan taʼlim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin oʻzi fiqh va kalom ilmlaridan dare berdi. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abulhasan Ali ibn Sayyid ar-Rustugʻfaniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abulmuʼin an-Nasafiy, Abulyusr alPazdaviy kabi shogirdlar yetishtirdi. Vasiyatiga koʻra, Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etildi.
Ensiklopediya.uz
MOTURIDIY