MAHMUD YALAVOCH

MAHMUD YALAVOCH

MAHMUD YALAVOCH, Mahmud Xorazmiy (? — 1254, Pekin) — Chingizxon xizmatida boʻlgan xorazmlik savdogar. Chingizxon tomonidan Muhammad Xorazmshoh huzuriga elchi boʻlib kelganligi uchun yalavoch (elchi) laqabi bilan mashhur. Mahmud Yalavoch qoraxitoylar xizmatida ham boʻlgan (1211). Chingizxon savdo-sotiqqa katta eʼtibor berib, karvon yoʻllarining bexatarligini taʼminlash bilan birga musulmon savdogarlariga hurmati baland boʻlgan. Shu tufayli Moʻgʻulistonga kelib savdo qilganlar orasida Buxoro, Samarqand, Oʻtror, Xoʻjand kabi shaharlardan kelganlar koʻpchilikni tashkil qilgan.

Ensiklopediya.uz
MAHMUD YALAVOCH