MAHALLIY SANOAT

MAHALLIY SANOAT

MAHALLIY SANOAT — mahalliy xom ashyo resurslaridan mahalliy ehtiyojlarni krndirishga moʻljallangan xalq isteʼmol mollari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari majmui. Uning tarkibida qora metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik va metallga ishlov berish, yogʻochni qayta ishlash sanoati, mebel sanoati, qurilish materiallari, shisha va chinni-fayans, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati korxonalari, xalq hunarmandchiligining zardoʻzlik, tikuvchilik, toʻquvchilik, pichoqchilik, badiiy kashtachilik (soʻzana, gulkoʻrpa, choyshab, zardevol, palak, kirpech), doʻppidoʻzlik, oʻymakorlik, miskarlik, zargarlik, kandakorlik, rixtagarlik, kulollik, milliy cholgʻu asboblari yasash, kosibchilik va b. tarmoqlari kiradi. Odatda, turli kichik i. ch. korxonalarini, ayniqsa, kichik shaharlar va yirik qishloklarda tashkil etish bilan Mahalliy sanoat sanoat markazlaridan uzokda joylashgan hududlarda sanoat i. ch. ni rivojlantiradi, xunarmandlar, ishsizlar, mahalliy aholini, pensionerlarni va b. mehnat qobiliyati cheklangan aholi toifalarini unumli mehnatga jalb etadi, mahsulot chiqarish uchun chetdan keltiriladigan xom ashyo bilan birga mahalliy xom ashyo resurslari, materiallar, sanoat va q. x. ishlab chiqarishi chiqindilarini ishlatadi.

Ensiklopediya.uz
MAHALLIY SANOAT