MAQSUDIY

MAQSUDIY

MAQSUDIY Tangriqul (1881, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) — pedagog, dramaturg va shoir. Toshkentdagi Beklarbegi va Eshonquli dodxoh madrasalarida tahsil oldi. Turkiyaga borib bilim yurtida oʻqidi. Munavvarqori Abdurashidxonov taʼsiri ostida ijtimoiysiyosiy karashlari shakllandi. Maqsudiy 1914—15 y. lardan mahalliy matbu-otda shoir va publitsist sifatida koʻzga tashlanadi. Oʻsha davr muvaqqat nashrlari, xususan, «Al-Izoh», «Al-Isloh» jur. larida sheʼr va makrlalari chop etilgan. Asarlarida odamlarni maʼri-fatga, Yevropa fantexnika yutuklarini oʻrganishga chaqirgan. Oʻqituvchilik faoliyatini olib borish bilan bir vaqtda «Turon kuchi» teatr guruxini tashkil qildi (1919) va oʻzi dramaturg, rejissyor, aktyor sifatida ishtirok etdi. «Eski maktab, yangi maktab» (1 pardali kulgi), «Vatan yoxud Vatan qur-bonlari» (3 pardali drama) asarlarini yezdi. 1919—21 y. larda «Milliy ittihod» tashkilotida faoliyat olib bordi. Keyin yana pedagoglik bilan shugʻullandi.

Ensiklopediya.uz
MAQSUDIY