MARDTEPA

MARDTEPA

MARDTEPA — Gʻuzordan 3-4 km jan. da, Gʻuzordaryoning chap qirgʻogʻida joylashgan qad. qalʼa (25×30 m). Rivo-yatlarga koʻra, islomgacha boʻlgan davrda bu yer mahalliy hokimlar — «mardlar»ning qarorgohi boʻlgan; ular juda jasur, qoʻrqmas va oʻz fuqarolariga nisbatan adolatli boʻlganlar. Arablar fathidan soʻng «mardlar» hokimiyati tugatilgan va shahar aholisi bu yerni tark etgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, bu shahar xarobasida hayot mil. av. 2 — 1-a. dan — mil. 7-a. gacha davom etgan. Ushbu qalʼa dastlab BaqtriyaToxariston tomonidan boʻladigan xavf-xatarga qarshi himoyalanish uchun qurilgan. Ayni mana shu qalʼada 8-a. boshida Huzor viloyatining turklaridan boʻlgan hokimi — Sobuqro yashagan. Arablargacha bu qalʼa Huzor viloyatining markazi boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
MARDTEPA