6-sentyabr Litva o’z mustaqilligini tiklagan kun
6-sentyabr Litva o’z mustaqilligini tiklagan kun
DO`STLARGA ULASHING:
Litva 1991-yilning 6-sentyabrida o’z mustaqilligini tikladi. Milliy bayrami 16 fevral – Litva davlati tiklangan kun (1918). Poytaxti – Vil’nyus. Hududi – 65200 km.kv. Davlat tili – litva. Aholining asosiy qismi xristian dinining katolik mazhabiga e’tiqod qiladi. Pul birligi – lit. Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropaning Boltiq dengizi qirg’og’ida joylashgan davlatlaridan biri. Janub va Sharqda –Belarus (chegara uzunligi –653,5 km), janubi-g’arbda Rossiya (chegara uzunligi –267,8 km) va Pol’sha (103,7 km), shimolda – Latviya (588 km) bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi –1613 km. Sohil bo’ylab chegara uzunligi –108 km. Mamlakatning katta qismi tekisliklardan iborat. G’arb va sharqida tepaliklar bor. Yirik daryosi – N’yamunas (Neman), juda ko’p ko’llar bor. Yoqut mamlakatning muhim tabiiy resurslaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, torf va qurilish materiallarining zaxiralari mavjud. Umumiy yerlarining deyarli teng yarmi ishlov beriladigan yerlar hisoblanadi. 22% yerlar o’tloq va yaylovlardan iborat.
6-sentyabr Litva o’z mustaqilligini tiklagan kun