MANGʻLAY

MANGʻLAY

MANGʻLAY, manqlay (moʻgʻulcha — peshona) — temuriylar davri tarixiga oid forsiy adabiyotda hamda chigʻatoy adabiy tili manbalarida qoʻshinning ilgʻor qismi, yaʼni avangard. Harbiy safar yoki jang maydonida tuzilgan jangovar tartib — yasolga binoan, Mangʻlaydan bir necha chaqirim oldinda aygʻoqchilik bilan mashgʻul boʻlgan qorovul harakat qilgan. Mangʻlayning oʻng va chap tarafidan oʻng qoʻlbarangʻar hamda soʻl qoʻl — juvangʻarnknt ilgʻorlari joy olgan. Mangʻlay ortidan barangʻar va juvangʻarning qolgan 2 boʻlagi, yaʼni chapo-vul va shaqavul peshma-pesh kelgan. Bularning oʻrtasida jangning aksar hollarda takdirini hal qiluvchi asosiy kuchlar — qoʻl (gʻoʻl) saf tortib turgan.

Ensiklopediya.uz
MANGʻLAY