MAZDAKIYLIK

MAZDAKIYLIK

MAZDAKIYLIK — diniy-falsafiy taʼlimot. Asoschisi Mazdak. Mazdikiylar harakati davrida Eronda keng tarqalgan. Mazdakiylik taʼlimotiga kura, olamda boʻladigan jarayonlar ongli va biror maqsadni koʻzlab harakat qiluvchi yaxshilik, yoruglik manbai bilan koʻr-koʻrona va tasodifiy harakatlanuvchi yomonlik, qorongulik (johillik) manbai oʻrtasidagi kurashdan iborat. Bu kurash «yaxshilik»ning yo«monlik» ustidan gʻalabasi bilan tugallanadi. Mazdakiylikda birinchi urinla sof falsafiy va liniy masalalar emas, ijtimoiy masalalar turadi. Mazdakiylikda asosiy yovuzlik boylikka hirs kuyish va kambagallik, deb taʼkidlanadi. Ijtimoiy zulmga qarshi kurash muqaddas vazifa sifatida talqin etiladi va unga diniy tus beriladi. Mazdakiylikning asosiy gʻoyasi mulkiy tenglikni oʻrnatishdan iborat. Bu tenglik barcha moddiy boyliklarga dehqonlar jamoasi orqali egalik qilish, yaʼni moddiy boyliklar odamlarga teng taqsimlanishi kerak deb tasavvur etiladi. Bu gʻoya xalq ommasi ichida keng tarqalib, mazdakiylik harakatining mafkurasi sifatida xizmat qilgan. Bu taʼlimot garchi xayoliy boʻlishiga qaramay, uning adolatsizlik va zulmga qarshi qaratilgani, tinchlikka chaqirishi ijobiy ahamiyat kasb etdi. Mazdakiylik keyingi ayerlar davomida Eron, Oʻrta Osiyo va Ozarbayjondagi leqqonlarning va shahar kambagʻallarining (Abu Muslim, Muqanna, Bobak qoʻzyuloni) kurash bayrogi boʻlib qoldi.

Ensiklopediya.uz
MAZDAKIYLIK