MADANIYAT INSTITUTI
MADANIYAT INSTITUTI, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institut i — madaniymaʼrifat ishi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1974-y. da tashkil qilingan. 1989-y. Abdulla Qodiriy nomi berilgan. Dastlab 2 f-ti (madaniy-maʼrifat ishi va kutubxonashunoslik) boʻlgan; hoz. kunda 6 ta f-t mavjud: kutubxona-axborot faoliyatini boshqaruv, ijtimoiy-madaniy faoliyat, xalq badiiy ijodiyoti, kasbiy-ped. taʼlim, sirtqi madaniyatshunoslik, madaniyat xodimlarining malakasini oshirish f-tlari; 18 ta kafedra, 3 ta kompyuter sinfi, ovoz yozish studiyasi, lingafon sinfi, Xalqaro internet tarmogʻiga ulangan kutubxona bor. Intda magistratura, aspirantura faoliyat koʻrsatadi. 2002—2003 oʻquv yilida 1273 ta talaba taʼlim oldi; 150 dan ortiq prof.-oʻqituvchilar, shulardan 10 tasi fan d-ri va prof., 45 dan ortiq fan nomzodi va dotsent ishladi.
Ensiklopediya.uz
MADANIYAT INSTITUTI