MUSABOYEV Isʼhoq Qurbonovich
MUSABOYEV Isʼhoq Qurbonovich (1910.22.10, Fargʻona viloyatining Novkat qishlogʻi) — infeksionist olim, Oʻzbekiston FA akad. (1966), Oʻzbekiston (1955) va Qoraqalpogʻistonda (1965) xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1944). 2-jahon urushi qatnashchisi. SamTI ni tugatgan (1935). Shu in-t yuqumli kasalliklar kafedrasida assisent (1938 — 41), dotsent (1944—49), mudir va shahar infeksion kasaliklar klinik kasalxonasi bosh vrachi (1949—51). Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-ti infeksion kasalliklar kafedrasi mudiri (1951—88), ilmiy maslahatchi (1988-y. dan). Ayni vaqtda Oʻzbekiston epidemiologiya, mikrobiologiya va infeksion kasalliklar i. t institutida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1962—70), mazkur in-tning asosiy tashkilotchilaridan. Ilmiy ishlari Markaziy Osiyoda keng Tapkalgan meʼda-ichak sistemasida uchraydigan infeksion kasalliklarning patogenezi, klinik xususiyatlari, davolash va oldini olish muammolariga bagʻishlangan. Rossiya tibbiyot FA muxbir aʼzosi (1961), Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1990).
Ensiklopediya.uz
MUSABOYEV Isʼhoq Qurbonovich