8-sentyabr Jurnalistlarning xalqaro birdamlik kuni.

8-sentyabr Jurnalistlarning xalqaro birdamlik kuni.

8-sentyabr Jurnalistlarning xalqaro birdamlik kuni.

Mundarija скрыть
8-sentyabr Jurnalistlarning xalqaro birdamlik kuni.
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

8-sentyabr Jurnalistlarning xalqaro birdamlik kuni.
Jurnalistlar Xalqaro Birdamlik kuni (International Day of Journalists’ Solidarity) 1958-yili Buxarestda bo’lib o’tgan Xalqaro jurnalistlar tashkilotining to’rtinchi  kongressida qabul qilingan qarorga binoan har yili 8 sentyabrda nishonlanadi. Anjuman ishtirokchilarining fikricha, shu kuni butun jahondagi jurnalist va noshirlar o’z birdamliklarini, ayniqsa o’z ҳuquqlari himoyasi yo’lidagi jipsliklarini  namoyish etishlari kerak. Bu qarorni BMT ham qo’llab quvvatladi. 1943 yilning 8 sentyabr kuni Germaniyada chexoslovakiyalik jurnalist, yozuvchi Yulius Fuchik (Julius Fuchik) fashistlar tomonidan qatl etiladi. U 1942-yilning 24-aprelida ozodlik harakatining olti nafar a’zosi bilan gestapo tomonidan xibsga olingan edi. Yulius Fuchik o’zining Praga qamoqxonasida yozilgan «Dor tagidan reportaj” kitobi bilan mashhur. Uningo’limidan keyin bu asar jahonning 70 dan ortiq tiliga tarjima qilingan. Fuchik keyinchalik Xalqaro Tinchlik mukofotiga sazovor bo’ldi. 1958-yildan boshlab jurnalist qatl etilgan kun Jurnalistlar Xalqaro Birdamlik kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Bu kun nafaqat jurnalistlarning navbatdagi kasb bayrami, balki ularning hamkorlik va jipslashuvining yorqin namoyishi sifatida ko’riladi. An`anaga ko’ra 8-sentyabrda butun dunyoda ommaviy axborot vositalarining vakillari bayram tadbirlari doirasida turli anjumanlar o’tkazadilar. Bu tadbirlarda nafaqat tajriba almashiniladi, balki xavfli kasb egalariga turli mukofotlar topshiriladi.

8-sentyabr Jurnalistlarning xalqaro birdamlik kuni.