OY

OY

OY — Yerning tabiiy yoʻldoshi; Yerga eng yaqin osmon jismi, undan oʻrtacha uzokligi 384400 km. Astronomik belgisi O. Oy orbitasi ekliptika tekisligiga oʻrtacha 5°8ʻ43» burchak ostida yotib, 4°58ʻ dan 5°20ʻ gacha oʻzgarib turadi. Oy Yer atrofida gʻarbdan sharqqa harakatlanib, biror yulduzga nisbatan toʻla aylanish davri uning siderik (yoki yulduz) davri deb ataladi. Bu davr 27,32 oʻrtacha Quyosh sutkasiga teng. Oy orbitasining ekliptika tekisligi bilan kesishish nuqtalari uning chiqish va tushish tugunlari deyiladi. Oy tugunlari ekliptika boʻylab Oyning hara-katiga qarama-qarshi yoʻnalishda (yaʼni gʻarbga tomon) siljib boradi va 18 yilu 7 oy (6793 sutka)da ekliptikani toʻla bir marta aylanib chiqadi. Oyning biror tugundan chiqib, yana shu tugunga qaytib kelishi orasida oʻtgan vaqt ajdar oyi deyilib, u oʻrtacha 27,21222 sut-kaga tengdir. Quyosh va Oy tutilishlarining davriyligi shu oy bilan bogʻliq.

Ensiklopediya.uz
OY