OFFENBAX

OFFENBAX

OFFENBAX (Offenbach) Jak (asl ismi va familiyasi Yakob Ebershi) — (1819.20.6, Kyoln – 1880.4.10, Parij) — fransuz kompozitori, fransuz operettasining asoschisi. 1849-y. dan «Komediya Fransez» teatrida dirijyor va kompozitor. 1855—61 y. larda oʻzi asos solgan «Buff-Pari-zyen», 1872—76 y. lar «Dela Gete» teatrlarini boshqargan. Offenbax 100 ga yaqin operetta yozib, mazkur janr tarixini boshlab bergan. Ulardan «Orfey doʻzaxda», «Guzal Yelena», «Koʻk soqol», «Parij hayoti», «Perikola», shuningdek, «Gofman ertaklari» nomli romantik operasi (1880) koʻp mamlakatlarda sahnalashtirilgan.

Ensiklopediya.uz
OFFENBAX