MORFIN
MORFIN — afyun (opiy)ning asosiy alkaloidi. Afyundan kimyoviy yoʻl b-n ajratib olinadi. Ogʻriq qoldiruvchi kuchli narkotik moddalar turkumiga kiradi. Tibbiyotda Morfinning gidroxlorid tuzi ishlatiladi. Morfin, asosan, markaziy nerv sistemasiga taʼsir etadi: ogʻriq sezgisini kamaytiradi, nafas, yoʻtal va qusish markazlarini susaytiradi, adashgan hamda koʻzni harakatlantiruvchi nervlar markazini qoʻzgʻatadi. Uni bir necha bor qabul qilinganda kishi oʻrganib qolishi (morfinizm) mumkin.
Ensiklopediya.uz
MORFIN