MONTAJ
MONTAJ (frans. montage — yigʻish) — radioeshittirish, televideniye, estrada sanʼati, suratkashlik va, ayniqsa, film yaratishdagi ijodiy va texnik jarayon; suratga olingan alohida kadrlarni tanlash va ularni bir-biri b-n bogʻlash. Odatda, eshittirish, koʻrsatuv tayyor boʻlgach, filmni suratga olish tugallangach, Montaj ishlari boshlanadi. Montaj vaqtida ssenariy va rejissura talablari asosida surat parchalari ajratib olinadi va ular mazmuniga qarab birbiriga yopishtirib birlashtiriladi, fonogrammalar qayta yoziladi va h. k. Film mazmunini ochib berishda Montajning ahamiyati katta. Montajning emotsional va jonli chiqishi vo-qeaning xarakteriga va aktyorning ijrosiga bogʻliq boʻladi, uning asosiy vazifasi — kadrlarning almashinuv surʼatini belgilash va rej. gʻoyasiga koʻra, tegishli joilarni taʼkidlab koʻrsatish.
Ensiklopediya.uz
MONTAJ