MIKROIQLIM

MIKROIQLIM

MIKROIQLIM (mikro… va iqlim) — yer yuzasiga yaqin havo qatlamining iqlimi; mahalliy iqlim doirasida yer yuzasining kichik farqlari tufayli roʻy beradi. Mas, biron oʻrmonning mahalliy iqlimida oʻrmon ichidagi yalangliklar, oʻrmon chetining Mikroiqlimi, shaharning mahalliy iqlimida ayrim maydonlar, koʻchalar, xiyobonlar, hovlilar Mikroiqlim va h. k. farq qshshnadi. Yer yuzasidan baland kutarilgan sari M. farklari tez yoʻqola boradi. Mikroiqlim koʻp jihatdan obhavo sharoitiga bogʻliq: havo ochiq va shamolsiz boʻlganda Mikroiqlim ta-fovutlari kuchli boʻladi, osmon bulut boʻlganda esa, Mikroiqlim bir-biridan kam farq qiladi. Mahalliy iqlim, Mikroiqlim kichik hududlar iqlimidir. Joyning mikro-iqlimiy xususiyatlarini aniqlash uchun meteorologik kuzatishlar oʻtkaziladi. Kuzatishlar, odatda, qisqa vaqt ichida va har xil balandliklarda olib boriladi. Kuzatish natijalari muntazam ishlaydigan st-yalarda shu vaqtlar davomida oʻtkazilgan kuzatish natijalari bilan taqqoslanadi.

Ensiklopediya.uz
MIKROIQLIM