METALLARNI ISHLASH

METALLARNI ISHLASH

METALLARNI ISHLASHmetallar va qotishmalarga issiqlik (termik), mexanik, kimyoviy ishlov berishda bajariladigan ishlar majmui. Metallarni termik ishlash — metall va krtishmalarning xossacharini (ichki tuzilishini) oʻzgartirish uchun qoʻllaniladigan amallar: yumshatish, toblash, normallash, boʻshatish, yaxshilash, chiniqtirish, kimyoviytermik ishlash, passivlash. Yumshatish — metallarni maʼlum t-ragacha qizdirib, shu t-rada maʼlum vaqt tutib turgach, asta-sekin, baʼzan, pech bilan birga sovitish; bunda metallarning xossalari oʻzgaradi. Natijada metallarning bol-gʻalanuvchanligi va plastikligi oshadi, magnitlanish va b. xususiyatlari yaxshilanadi. Toblash — metallarni maʼlum t-ragacha qizdirib, tez sovitish; bunda metallarning bir xil boʻlmagan struktura holatlari mustahkamlanadi, metallarning xususiyati turlicha oʻzgaradi. Normallash — kam (0,3% gacha) va oʻrtacha (0,3—0,6%) uglerodli poʻlatni, taxm., 800—950° gacha qizdirib, havoda sovitish; bunda poʻlat tarkibidagi yirik donachalar kichrayadi, poʻlatning mustahkamligi, plastikligi va qovushoqligi oshadi. Yaxshilash — termik ishlashning bir turi; 550—650° t-rada toblash va boʻshatishdan iborat. Dinamik nagruzka ostida ishlaydigan mashina detallari uchun qoʻllaniladi. Chiniqtirish — metall va qotishmalarni xona t-rasida koʻp vakt saqlab (tabiiy chiniqtirish) yoki kizdirib (sunʼiy chiniktirish) ularning strukturasi va xususi-yatlarini oʻzgartirish. Qattikligi, mustahkamligi, magnit va b. xossalarini yaxshilash. Metallarni kimyoviytermik ishlash — metallarni kimyoviy faol gaz, qattiq yoki suyuq mu-hitda yuqori t-rada qizdirish va shu t-rada bir oz sovitish. Bunda metall buyumlar sirtqi qatlamlarining ki-myoviy tarkibi, strukturasi va xususiyati oʻzgaradi. Bunga azotlash, xromlash, metallash va b. kiradi.

Ensiklopediya.uz
METALLARNI ISHLASH